
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida rahbariyat vakillari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida rahbariyat vakillari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va hamkorlik markazi delegatsiyasi örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, xususan, “Media - xitoy tili” va boşqa maxsus kurslarni joriy etiş, hamkor universitetlar bilan qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, HSK xalqaro xitoy tili imtihon markazini taşkil etiş, “Onlayn xitoy tili markazi” loyihasini amalga oşiriş hamda talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, xitoy tili öqituvçilarining malakasini oşiriş, qisqa muddatli stajirovkalar taşkil etiş, ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va akademik naşrlar böyiça hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Tomonlar 2026–2027-yillarga möljallangan amaliy hamkorlik rejasini işlab çiqiş va istiqboldagi qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uçraşuv yakunida özaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Manba: Telegram


