1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

XALQARO TANLOV E’LON QILINADI!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamda vazirlik hamkorligida YUNESKOning “Öz hissangizni qöşing: yoşlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalaştirmoqda” mavzusidagi…

YUNESKO işlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamda vazirlik hamkorligida YUNESKOning “Öz hissangizni qöşing: yoşlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalaştirmoqda” mavzusidagi Yoşlar xakatoni – 2026 xalqaro tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov media, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalariga qiziquvçi, innovatsion ğoyalarga ega yoşlarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning xalqaro maydondagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan.

💡Tanlov yönalişlari:
• Media va axborot savodxonligi;
• Sun’iy intellekt (AI);
• Raqamli xavfsizlik;
• Notöğri ma’lumotlar (feyk xabarlar)ga qarşi kuraşiş.

Kimlar iştirok etişi mumkin?
✔️18–30 yoşdagi yoşlar;
✔️2–6 nafar a’zodan iborat milliy yoki xalqaro jamoalar;
❗️Jamoalarni şakllantirişda gender muvozanati va inklyuzivlik tamoyillariga amal qiliş tavsiya etiladi.

🏆Ğoliblar uçun imkoniyat:
Eng yaxşi loyihalar mualliflari öz işlanmalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki şahrida bölib ötadigan “Ovozlar: Yevropa jurnalistikasi va OAV erkinligi” xalqaro festivalida taqdim etiş imkoniyatiga ega böladilar.

💠Hujjatlarni topşirişning oxirgi muddati — 2026-yil 16-avgust.

📝 Röyxatdan ötiş:
https://forms.gle/1gqP7uM3Bn7AaYs3A

Manba: Telegram