
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Xalqaro psixologlar kuniga bağişlangan ilmiy-amaliy tadbir taşkil etildi. Tadbirda Xalqaro munosabatlar…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Xalqaro psixologlar kuniga bağişlangan ilmiy-amaliy tadbir taşkil etildi. Tadbirda Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Psixologiya yönalişi talabalari iştirok etişdi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi – talabalar örtasida psixologiya fanining amaliy jihatlarini keng tarğib qiliş, nazariy bilimlarni mustahkamlaş va psixologik madaniyatni rivojlantirişdan iborat böldi.
Tadbir davomida iştirokçilar turli yönalişlardagi çiqişlar bilan qatnaşib, quyidagi mavzularda ma’lumot va könikmalarni namoyiş etdilar:
➡️“Psixolog kim?” mavzusida ilmiy-amaliy taqdimot;
➡️Psixosomatika böyiça tuşunçalar va real hayotiy misollar;
➡️Hissiyot va emotsiyalarni boşqarişga oid psixologik tavsiyalar;
➡️Temperament turlari va ularning xulq-atvordagi namoyonlari.
Tadbir doirasida sahna körinişlari, interfaol öyinlar, guruhli maşğulotlar hamda psixologik vaziyatlardan çiqiş böyiça körgazmali namoyişlar ötkazildi.


