
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jurnalistika fakulteti “Xalqaro va audiovizual jurnalistika” kafedrasi tomonidan “Audiovizual jurnalistika muammolari, rivojlaniş…
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jurnalistika fakulteti “Xalqaro va audiovizual jurnalistika” kafedrasi tomonidan “Audiovizual jurnalistika muammolari, rivojlaniş strategiyalari va standartlarni moslaştiriş masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman taşkil etildi. Unda xalqaro ekspertlar, yetakçi olimlar, professor-öqituvçilar, tadqiqotçilar, jurnalist va blogerlar, şuningdek, talabalar faol iştirok etdi.
Konferensiyaga taqdim etilgan ilmiy maqola va materiallar yuqori saviyada baholanib, ularni töplam şaklida naşr etiş rejalaştirilgan.
Anjumanda xorijiy mamlakatlaridan, jumladan, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya hamda Pokistondan taklif etilgan soha mutaxassislari oflayn va onlayn formatda ma’ruzalar bilan qatnaşdi.
Ma’ruzalar davomida audiovizual jurnalistika sohasida keçayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari, kontent işlab çiqarişning zamonaviy yondaşuvlari, jurnalistlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda xalqaro standartlarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, media sohasida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalaniş, jurnalistika ta’limi sifatini yanada oşiriş va xalqaro tajribalarni keng joriy etiş böyiça muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman media sohasi vakillari, olimlar va yoş tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşiş, ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş hamda oçiq muloqot maydonini yaratişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Manba: Telegram


