
Oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş imtihonlarida iştirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga…
Oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş imtihonlarida iştirok etib, belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga, şu jumladan, röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida oliy ta’lim taşkiloti va bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlamagan abituriyentlarga vakant örinlar mavjud bölgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça qöşimça tanlovda iştirok etiş imkoniyati yaratildi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar (şu kuni ham) Agentlikning my.uzbmb.uz
rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qöşimça tanlovda iştirok etiş uçun röyxatdan ötişlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bölgan, vakant örinlar mavjud bakalavriat ta’lim yönalişlarini tanlaş huquqi beriladi.
Röyxatdan ötgan abituriyentlar vakant örinlarga töplagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari böyiça Agentlik tomonidan tegişli tanlov qaydnomalari şakllantirilib, oliy ta’lim taşkilotlariga taqdim etiladi.
Manba: Telegram


