
Uşbu bayram Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi uçun oddiy sana emas, balki katta quvonç va faxrga boy kun böldi. Zero, bayram tadbiri doirasida universitetning bir qator…
Uşbu bayram Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi uçun oddiy sana emas, balki katta quvonç va faxrga boy kun böldi. Zero, bayram tadbiri doirasida universitetning bir qator professor-öqituvçilari hamda xodimlari ta’lim sohasidagi samarali mehnati, fidoyiligi hamda kasbiy faoliyatidagi yutuqlari uçun yuksak e’tirofga sazovor böldilar.
Jumladan, universitetning professor-öqituvçilari va xodimlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişoni tantanali topşirildi.
✅ “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişoni bilan:
➡️Şamaksudova Saodat Hidoyatovna — Özbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;
➡️Qosimova Nargis Sunnat qizi — Töğon va Qudrat Irnazarovlar nomidagi Jamoatçilik bilan aloqalar kafedrasi professori;
➡️Buranova Barno Menglibаyevna — Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş bölimi boşliği;
➡️Kurbanov Sultonboy Kazakbayeviç — Mediadizayn kafedrasi mudiri;
➡️Najmiddinova Gulnoza Umarovna — Raqamli media va Internet kafedrasi dotsenti vazifasini vaqtinça bajaruvçisi.
Şuningdek, tadbir davomida PhD ilmiy darajasini qölga kiritgan professor-öqituvçilarga PhD diplomlari tantanali ravişda topşirildi. Bu natija ilmiy izlaniş va pedagogik faoliyatni birdek olib borayotgan ustozlar uçun muhim yutuq bölişi bilan birga, universitetning ilmiy salohiyati yuksalib borayotganining ham yorqin ifodasidir.
Bundan taşqari, universitet professor-öqituvçilari va xodimlariga ham şu kun munosabati bilan esdalik sovğalari topşirildi.
Manba: Telegram


