
Buyuk mutafakkir tavalludi — millat ma’naviyati bayrami. Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi Bugun turkiy va forsiy til adabiyoti hamda ma’naviyati tarixida beqiyos örin tutgan ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va…
Buyuk mutafakkir tavalludi — millat ma’naviyati bayrami. Alişer Navoiy tavalludining 585 yilligi
Bugun turkiy va forsiy til adabiyoti hamda ma’naviyati tarixida beqiyos örin tutgan ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va söz mulkining sultoni — Hazrat Mir Alişer Navoiy tavallud topgan kun.
Alişer Navoiy nafaqat turkiy til adabiyoti xazinasiga özining bebaho merosini qoldirgan buyuk olim, balki Temuriylar saroyida “muqarribi hazrati sulton” — ya’ni sultonga eng yaqin, işonçli va maslahatgöy şaxs maqomida ma’rifatparvar, ziyoli jamoat arbobi hamdir. Bu unvon Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Navoiyning nafaqat ijodkor, balki yuksak siyosiy tafakkur egasi sifatida e’tirof etilganidan dalolat beradi.
Muqarrib sifatida Navoiy davlat boşqaruvi, kadrlar tanlaş, ilm-fan va madaniyatni qöllab-quvvatlaş masalalarida sultonga bevosita maslahatlar bergan. U saroy muhitida adolat, ilm va ma’rifat ustuvor bölişiga intilib, şaxsiy manfaatdan ustun ravişda davlat va xalq manfaatini közlagan.
Manbalarda qayd etilişiça, Alişer Navoiy öz yaqin mavqeidan foydalanib, olimlar, şoirlar va san’atkorlarni himoya qilgan, ularning ijodiy faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga xizmat qilgan. Bu esa Hirotni XV asrda Şarqning yirik ilmiy-madaniy markaziga aylanişida muhim omil bölgan.
Manba: Telegram


