1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Toyloqda ÖzJOKU kutubxonasi taşkil etildi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 43-son umumta’lim maktabida zamonaviy Axborot-resurs markazi taşkil etildi. Mazkur taşabbus doirasida…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 43-son umumta’lim maktabida zamonaviy Axborot-resurs markazi taşkil etildi.

Mazkur taşabbus doirasida universitet tomonidan maktab öquvçilari uçun 400 ga yaqin badiiy va ilmiy kitoblar taqdim etildi. Şuningdek, kutubxonadan samarali foydalaniş imkonini beruvçi zarur jihozlar, qulay örindiqlar, yumşoq mebellar va öquvçilar uçun şinam kitobxonlik muhiti yaratildi.

Mazkur kutubxonaning oçiliş marosimi rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja hamda universitet vakillari iştirokida tantanali tarzda ötkazildi.

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bundan buyon ham uşbu maktab kutubxonasini öquvçilarning ehtiyojlaridan kelib çiqib, zarur öquv qöllanmalari va badiiy adabiyotlar bilan muntazam ravişda boyitib boradi.

📖 Uşbu axborot-resurs markazi öquvçilarning bilimga bölgan qiziqişini oşiriş, kitobxonlik madaniyatini rivojlantiriş hamda ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, eng asosiysi, ularni oliy ta’lim muassasasiga tayyorlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

1 / 9

Manba: Telegram