1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Tokio universiteti vitse-prezidenti ÖzJOKUda

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tokio universiteti ijroçi vitse-prezidenti, professor Hayaşi Kaori iştirokida ilmiy-amaliy…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tokio universiteti ijroçi vitse-prezidenti, professor Hayaşi Kaori iştirokida ilmiy-amaliy seminar bölib ötdi.

Seminar davomida raqamli media va jurnalistikadagi zamonaviy transformatsiyalar, global media makonida kuzatilayotgan tendensiyalar, jurnalistikada gender masalalarining yoritilişi, sun’iy intellektning jamiyat hayotidagi örni hamda media va demokratiya örtasidagi özaro boğliqlik kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda universitet professor-öqituvçilari, tadqiqotçilar hamda talabalar faol iştirok etib, ma’ruzaçi bilan oçiq muloqot olib bordilar.

Seminar mehmonlari safida Tokio universiteti Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş departamenti huzuridagi Xalqaro loyihalar guruhi loyiha mutaxassisi Jeyms Figan, Özbekiston–Yaponiya markazi hamdirektorlari Alişer Payğamov hamda Hiroo Iwazaki ham iştirok etdi.

Mazkur seminar xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlaş, media ta’limi va ilmiy tadqiqotlar sohasida tajriba almaşiş, şuningdek, talabalarning global media jarayonlari haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirişga xizmat qildi.

Manba: Telegram