
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Til, adabiyot va jurnalistika ta’limi: muammo, yeçim va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Özbek tiliga davlat…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Til, adabiyot va jurnalistika ta’limi: muammo, yeçim va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan uşbu konferensiyani universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja öz nutqi bilan oçib berib, universitetda Özbek tili bayramini nişonlaş uçun madaniy-ma’rifiy tadbirlar ötkaziladigan maxsus 10 kunlik belgilanganini e’lon qildi.
Konferensiyada Özbekiston, Turkiya, Qozoğiston, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan yetakçi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari, taniqli professor-öqituvçilar, yoş olimlar, doktorantlar va magistrantlar iştirok etdilar.
Konferensiyaning asosiy hamkorlari:
• Artvin Çoruh Universiteti (Turkiya)
• Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti
• Abbasquli Oğa Bokixonov nomidagi Tarix instituti
• “Ozarbayjon” naşriyoti (Ozarbayjon Respublikasi Prezident Apparati huzurida)
• L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozoğiston)
Tadbir davomida quyidagi yönalişlar böyiça dolzarb ilmiy muammolar, ularning yeçimlari va innovatsion yondaşuvlar muhokama qilindi:
• Filologiya ta’limida tilşunoslikning taraqqiyot tendensiyalari
• Adabiyotşunoslik va tarjima sohasida nazariya va amaliyotning zamonaviy jihatlari
• Ijtimoiy-siyosiy ong va til madaniyatini şakllantiriş masalalari
• Raqamli davrda jurnalistika va PR: yangi kommunikatsiya formatlari
• Notiqlik san’ati, nutq madaniyati va muloqot psixologiyasi
Özbek tili va adabiyoti, jurnalistika hamda kommunikatsiya sohalarining rivojiga bevosita hissa qöşayotgan bunday ilmiy anjumanlar — milliy özligimiz, madaniyatimiz va ilm-fanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.


