
Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan, kamida 15 yil iş stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun yangi moddiy qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanmoqda. 🏠Uy-joy uçun subsidiya 15 yil va…
Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan, kamida 15 yil iş stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun yangi moddiy qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanmoqda.
🏠Uy-joy uçun subsidiya
15 yil va undan ortiq iş stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olişda dastlabki badal tölovining 25 foizi qoplab beriladi.
🎓 Farzandlarining kontrakti uçun subsidiya
Şuningdek, uşbu xodimlarning farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim taşkilotlarida bakalavriat bosqiçida öqiş uçun yillik tölov-kontrakt summasining 30 foizigaça qoplab beriladi.
Bunda qoplanadigan summa bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan oşmaydi.
Mazkur subsidiyalarni moliyalaştiriş uçun har yili Tibbiyotni rivojlantiriş davlat maqsadli jamğarmasiga 100 milliard söm ajratilişi közda tutilgan.
📌 Subsidiyalarni ajratiş jarayonlari elektron şaklda, tegişli axborot tizimlari orqali amalga oşiriladi.
Tibbiyot xodimlarining mehnati — inson salomatligi va jamiyat farovonligining muhim kafolati.
Manba: Telegram


