
Tengdoş platformasi — bu talabalar uçun maxsus işlab çiqilgan, ta’limdan taşqari jarayonlarni raqamlaştiriş va osonlaştirişga qaratilgan innovatsion mobil ilova va telegram bot tizimi hisoblanib, u HEMIS (Oliy…
Tengdoş platformasi — bu talabalar uçun maxsus işlab çiqilgan, ta’limdan taşqari jarayonlarni raqamlaştiriş va osonlaştirişga qaratilgan innovatsion mobil ilova va telegram bot tizimi hisoblanib, u HEMIS (Oliy ta’lim jarayonlarini boşqariş axborot tizimi) bilan integratsiya qilingan bölib, talabalarga öz akademik ma’lumotlarini real vaqt rejimida oliş va universitet hayotida faol iştirok etiş imkonini beradi.
✅ Platformani talabalar uçun asosiy foydalari:
➡️ Akademik nazorat;
➡️ Baholar: barça fanlardan olingan baholarni (JN, ON, YaN) batafsil köriş;
➡️ Davomat: qoldirilgan darslar va sababli/sababsiz davomat statistikasini kuzatib boriş;
➡️ Reyting: kurs va guruh kesimida öz reytingini (GPA) biliş;
➡️ Dars jadvali va eslatmalar: bugungi va haftalik dars jadvallarini köriş, dars boşlanişidan oldin avtomatik eslatmalar oliş, imtihonlar jadvali va xona raqamlarini biliş;
➡️ Ma’lumotnomalar: öqiş joyidan ma’lumotnoma oliş uçun onlayn ariza beriş va PDF şaklida yuklab oliş;
➡️ Şartnomalar: tölov-kontrakt şartnomalarini köriş va yuklab oliş;
➡️ Moliyaviy ma’lumotlar: kontrakt tölovlari tarixini va qarzdorlikni tekşiriş;
➡️ Murojaatlar: "Universitet rahbariyati (rektorga, prorektorga, dekanga, dekan örinbosari, tyutorga, profilaktika inspektoriga, psixologga) murojaat" funksiyalari orqali universitet ma’muriyatiga töğridan-töğri (şaxsi sir tutilgan holda) xabar yuboriş imkoniyati mavjud.
➡️ sun’iy intellekt yordamçi: talabaning baholari, davomati, ijtimoiy faolliklari va şu kabi ma’lumotlarni qayta işlab, foydalanuvçiga tahlilini qilib beradi;
➡️ Talabalar va xodimlar bilan netvorking moduli.
❗️Platformani yaratişdan asosiy maqsad talabalarni ijtimoiy faolliklarini raqamlaştiriş uçun qilingan bölib, ular tomonidan platformaga hisobotlarni yuklanib boriladi va şu hisobotlar orqali öquv yili yakunida grantdan-kontraktga yoki kontraktdan-grantga taqsimlanadi.
Manba: Telegram


