
Bugun minglab talabalar uçun sevimli ustoz, teran tafakkur egasi, zamonaviy jurnalistika va media sohasining haqiqiy fidoyisi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar…
Bugun minglab talabalar uçun sevimli ustoz, teran tafakkur egasi, zamonaviy jurnalistika va media sohasining haqiqiy fidoyisi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist — Şerzodxon Qudratxöja yana bir gözal bahorni qarşi oldilar.
Hurmatli ustoz, Siz — mehridaryo, oqköngil va bağrikeng insonsiz. Qalbida odamlarga mehr, közida esa doimo kelajakka işonç yaşaydigan, atrofdagilarni ham ana şu işonç sari yetaklay oladigan kuçli şaxssiz. Sizning qat’iyatingiz, şijoatingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti nafaqat zamonaviy ta’lim maskani, balki erkin fikr, ijodkorlik va ulkan imkoniyatlar maydoniga aylandi. Universitetning har bir yutuğida, har bir yorqin kunida va har bir muvaffaqiyatida Sizning ulkan mehnatingiz, taşabbusingiz hamda ustozlik mehringiz mujassam.
Siz nafaqat rahbar, balki talabalarga suyanç, ustozlarga madad, jamoaga esa kuç va ilhom bera oladigan Insonsiz. Sizga mustahkam soğlik, çeksiz ijodiy kuç-ğayrat, bardavom muvaffaqiyatlar va mazmunli umr tilaymiz. Siz yaratgan va asos solgan katta maktab hali uzoq yillar davomida yangi iste’dodlar va yangi yutuqlarga qanot bölsin!
Tavallud ayyomingiz muborak bölsin, aziz Ustoz!
Manba: Telegram


