
Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş va ulardan samarali foydalaniş böyiça rektorlar forumi” öz işini olib bormoqda. Uşbu nufuzli…
Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qöllaş va ulardan samarali foydalaniş böyiça rektorlar forumi” öz işini olib bormoqda.
Uşbu nufuzli anjumanda respublika böyiça 200 dan ortiq oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari, sohaning yetakçi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar iştirok etmoqda.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining örinbosari Hilola Umarova va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov kiriş sözlari bilan oçib berdilar.
– Bugun dunyoning ilğor universitetlari ta’lim samaradorligini oşiriş, talabalarning öquv faoliyatini tahlil qiliş, dars jarayonini individuallaştiriş, akademik halollikni ta’minlaş kabi vazifalarda sun’iy intellektdan amaliy yordamçi sifatida foydalanmoqda,
– dedi H. Umarova.
Vazir Qönğirotboy Şaripov fikriga köra, mazkur yönalişda Özbekiston oliy ta’lim tizimi uçun eng ustuvor vazifalardan biri – universitetlarni sun’iy intellekt sohasida bilim, tajriba va ilmiy izlanişlar markaziga aylantirişdir.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110553
#live #forum #sun’iy_intellekt


