1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Talabalarning yaşaş şaroitlari örganildi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti inspektori, mayor Xabibulla Sodiqov hamda guruh tyutorlari tomonidan Yunusobod tumanidagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti inspektori, mayor Xabibulla Sodiqov hamda guruh tyutorlari tomonidan Yunusobod tumanidagi ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi.

Örganiş davomida talabalarni yaşaş şaroitlari, xonadonlardagi maişiy qulayliklar va xavfsizlik holati közdan keçirildi. Talabalar bilan suhbatlaşilib, ularni qiziqtirayotgan va qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Şuningdek, talabalar bilan texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş, gaz va elektr jihozlaridan töğri foydalaniş, is gazidan ehtiyot böliş hamda sanitariya-gigiyena talablariga amal qiliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borildi. Şu bilan birga kiberjinoyatga qarşi APK qöriqçi ilova haqida ham talabalarga batafsil ma’lumot berildi.

Mazkur tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlaş, ularning yaşaş şaroitlarini muntazam nazorat qiliş va mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaşga qaratilgan.

Manba: Telegram