1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy keça taşkil qilindi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti "My sweet home" —Talabalar turar joyida Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti hamda Özbek tili va adabiyoti kafedrasi…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti "My sweet home" —Talabalar turar joyida Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti hamda Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan talabalar uçun ma’naviy-ma’rifiy keça taşkil etildi.

Tadbir avvalida ustozlar tomonidan tayyorlangan bahoriy taomlar dasturxonlarga tortildi. Uşbu samimiy uçraşuv uçun palov ham damlanib, barçaga ulaşildi. Davra suhbati öyin-kulgu va xuşkayfiyatga ulanib ketdi. Universitet rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja keçaning badiiy qismida faol iştirok etgan talabalarni taqdirladi.

➡️Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan xorijiy talabalar ham ma’naviy keçada faol iştirok etib, özlarining milliy kuy-qöşiqlari va raqslarini namoyiş etdilar. Bu esa tadbirga yanada kötarinki kayfiyat bağişladi.

Uçraşuv yoşlar bilan yaqin muloqotni mustahkamlaş, ularning kayfiyati va takliflarini örganiş hamda talabalar turar joyidagi ma’naviy muhitni yanada boyitişga xizmat qildi.

Manba: Telegram