1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Talabalar örtasida “Mahalla master rejasi” respublika tanlovi e’lon qilinadi!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Mazkur tanlov respublika böylab belgilangan 16 ta “oğir” toifadagi mahalla uçun eng maqbul master reja loyihalarini işlab çiqiş orqali hududlarni rivojlantirişga hissa qöşiş maqsadida Oliy ta’lim, fan va…

Mazkur tanlov respublika böylab belgilangan 16 ta “oğir” toifadagi mahalla uçun eng maqbul master reja loyihalarini işlab çiqiş orqali hududlarni rivojlantirişga hissa qöşiş maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida taşkil etilmoqda.

⚫️Iştirokçilarga qöyiladigan talablar:

-
Biriktirilgan OTMlarning iqtisodiyot va texnika yönalişidagi bitiruvçi bakalavrlari hamda 1- va 2-bosqiç magistratura talabalari etişlari mumkin.
Jamoa tarkibi içki saralaş asosida 5 nafardan 7 nafargaça talaba va 1 nafar mas’ul pedagog iborat böladi.

⚫️Ğoliblarni mukofotlaş:

-
5 ta eng yaxşi talabalar jamoasi ğolib deb toplatilib, mukofot sertifikatlari bilan taqdirlanadi.
- Moliyaviy mukofot puli Jahon banki va Yevropa Ittifoqi hamkorligida ajratiladi.
- Ajratilgan mukofot jamoadagi talabalar va pedagog örtasida teng taqsimlab tölab beriladi.


⚫️Tanlov bosqiçlari:

- 15-sentabrgaça — OTMlar tomonidan talabalar guruhlarini şakllantiriş;
- 30-sentabrgaça —
Ekspertlar iştirokida master reja böyiça onlayn seminarlar;
- 30-oktabrgaça —
Dastlabki master reja loyihalari muhokamasi;
- 1-dekabrgaça —
Yakuniy master reja loyihalarini topşiriş;
- 25-dekabrgaça —
Yakuniy taqdimot va ğoliblarni baholaş.

Manba: Telegram