Aziz Toşkentliklar va Toşkent şahri aholisi! Yangi öquv yili boşlandi! Toşkentga talabalarimiz, allaqaçon, kelişgan. Ammo har yili bizni qiynaydigan bir jihat bor. Bu talabalarni turar-joy bilan ta’minlaş!…
Aziz Toşkentliklar va Toşkent şahri aholisi! Yangi öquv yili boşlandi! Toşkentga talabalarimiz, allaqaçon, kelişgan. Ammo har yili bizni qiynaydigan bir jihat bor. Bu talabalarni turar-joy bilan ta’minlaş! Zotan, hamma universitetlar ham bari talabasini yotoqxona bilan ta’minlay olmaydi. Şunday ekan, Toşkent şahri aholisiga murojaatim: döstlar, uyingizda böş turgan yoki joylaşiş mumkin bölgan bir xonangiz bölsa ham, qora közlarimiz uçun uy eşiklaringizni oçişingizni sörayman. Zahiradagi uylaringiz yoki katta hovlilaringiz bölsa, talabalarni qabul eting. Talaba kirgan joyga fayz kiradi, bilim, ilm-ma’rifat kiradi. U sizni oğiringizni yengil qiladi, yumuşlaringizga qaraşadi, sizga şerik, hamsuhbat böladi. Şunday ekan, mehribon bölinglar, bağrinkeng bölinglar. Zero, talabalarimizning foydasi sizlarga ham tegadi.


