1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

#talabaga_yengillik

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan 2025/2026-öquv yilida oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriat hamda magistratura…

Tölov-kontrakt mablağlarini tölaş muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegişli bayoni bilan 2025/2026-öquv yilida oliy ta’lim taşkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uçun tölovlarni amalga oşiriş va talabalar safiga qabul qilişni rasmiylaştirişning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (şu kuni ham) uzaytirildi.

Bunda:

🔠qabul parametri doirasida öqişga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy tölov-kontrakt şaklida bir yillik öqitiş qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;

🔠tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt (super) asosida öqiş istagini bildirganlar, ular uçun belgilangan bir yillik öqitiş qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi tölovlarni amalga oşirişi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga köra, ikkinçi va undan yuqori bosqiç talabalar kontraktini tölaş muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilişi mumkin.