1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

"Talaba Expo-2026" kasb va ta’lim körgazmasi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

"Talaba Expo-2026" doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Kelajakka qadam" markazi hamkorligida talaba-yoşlar va bitiruvçilarning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, ularning tadbirkorlik…

"Talaba Expo-2026" doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Kelajakka qadam" markazi hamkorligida talaba-yoşlar va bitiruvçilarning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, ularning tadbirkorlik könikmalarini rivojlantiriş hamda mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida xabardorligini oşiriş maqsadida biznes seminarlari va seminar-treninglar taşkil etildi.

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari va bitiruvçilari ham mazkur seminarlarda faol iştirok etib, zamonaviy biznes yuritiş tamoyillari, muvaffaqiyatli tadbirkorlik sir-asrorlari hamda mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis sifatida şakllaniş yöllari böyiça qimmatli bilimlarga ega böldilar. Ular tajribali tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilib, öz biznes ğoyalarini rivojlantiriş, şaxsiy brend yaratiş va professional faoliyatda muvaffaqiyatga erişiş böyiça amaliy tavsiyalar oldilar.

Şuningdek, seminar-trening doirasida bitiruvçilar bandligini ta’minlaşga qaratilgan career.edu.uz platformasining imkoniyatlari, undan foydalaniş tartibi hamda mavjud xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Manba: Telegram