
Toşkent şahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida ÖzJOKU magistrantlari hamda AKT va raqamlaştiriş yönalişi xodimlari iştirokida navbatdagi seminar-trening bölib ötdi. Seminarni “Bilim” AKM direktori…
Toşkent şahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida ÖzJOKU magistrantlari hamda AKT va raqamlaştiriş yönalişi xodimlari iştirokida navbatdagi seminar-trening bölib ötdi.
Seminarni “Bilim” AKM direktori, Pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) H. Karimova oçib berib, öz nutqida sun’iy intellektning bugungi kundagi örni, uning keng imkoniyatlari hamda ayni paytda yuzaga kelayotgan soxta axborotlarni aniqlaşda mediasavodxonlikning muhim roli haqida söz yuritdi.
Şundan söng iştirokçilar quyidagi mavzularda taqdimotlar qilişdi:
— “AI vositalari yordamida kreativ kontent yaratiş: promptdan natijagaça”
— “Raqamli mediada sun’iy intellekt yordamida yaratilgan manipulyativ kontentlar”
— “Kutubxona faoliyatida sun’iy intellekt: rivojlaniş tendensiyalari va xalqaro tajriba”
Seminar nafaqat nazariy, balki amaliy maşğulotlarga ham boy böldi. Iştirokçilar sun’iy intellekt vositalari orqali post yoziş, poster va video tayyorlaş, hatto kitob yaratiş böyiça amaliy könikmalarga ega böldilar.
Tadbir yakunida ötkazilgan “Kahoot” intellektual öyini esa seminar davomida olingan bilimlarni mustahkamlaş bilan birga, barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Manba: Telegram


