
Oliy ta’limda “öqişga kiritib qöyiş” degan öta salbiy illatga töliq barham berildi. Yoşlarga oliygohlarga kirişda tanlov imkoniyati oşirildi. Professor-öqituvçilarning oyligi salmoqli darajada oşib, oliygoh…
Oliy ta’limda “öqişga kiritib qöyiş” degan öta salbiy illatga töliq barham berildi. Yoşlarga oliygohlarga kirişda tanlov imkoniyati oşirildi.
Professor-öqituvçilarning oyligi salmoqli darajada oşib, oliygoh muallimi böliş köpçilikning orzusiga aylandi.
Keyingi paytlarda aniq va tabiiy fanlarga köproq e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “ToshTech”, Bauman universiteti filiali, Olmaliq davlat texnika institutini oçiş böyiça qarorlar imzolandi. Xorazmda Al-Xorazmiy universitetiga tamal toşi qöyildi. Qolgan hududlarda ham uning filiallari böladi.
Mamlakatimizda yerosti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Ilgari neft-gaz sohasidagi qidiruv işlari faqat 2,5-3 ming metr çuqurlikda olib borilardi. Bu yil sanoatimiz tarixida birinçi marta Ustyurtda 6,5 ming metr yer qa’rini burğulab, juda katta gaz zaxirasi topildi.
Yangi industrial davr – “törtinçi sanoat inqilobi”ni amalga oşiriş uçun dunyoda tellur, litiy, selen, grafit, molibden kabi texnologik minerallarga talab bir neça karra köpaymoqda. Tahlillarga köra, dunyodagi volfram, molibden, rux va titan zaxiralarining 10-15 foizi mintaqamizga töğri keladi.
“Uşbu ulkan resurslarni yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotga aylantiriş uçun bizga eng avvalo ilm, bilim va innovatsiya kerak”,
– dedi Prezident.


