1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Soğlom hayot tarzi” mavzusida videoroliklar tanlovi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari örtasida “Soğlom hayot tarzi” mavzusida videoroliklar tanlovi…

Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari örtasida “Soğlom hayot tarzi” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovning asosiy maqsadi talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, sport bilan muntazam şuğullaniş, töğri ovqatlaniş, zararli odatlardan voz keçiş hamda jismoniy va ma’naviy salomatlikni mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Tanlov iştirokçilari soğlom turmuş tarzi, sport, faol hayot, ekologik madaniyat, töğri ovqatlaniş va salomatlikni asraş mavzularini yorituvçi videoroliklarni taqdim etişlari lozim.

📥 Videoroliklarni @uzjoku_videoroliktanlovibot Telegram bot orqali yuboriş söraladi.

📅 Videolarni qabul qiliş muddati: 2-avgust, soat 20:00.

Tanlovga kelib tuşgan eng yaxşi videoroliklar universitetning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi.
🏆 Tanlov yakunlariga köra, eng yaxşi videoroliklar mualliflari diplomlar bilan taqdirlanadi.

Barça talabalarni tanlovda faol iştirok etişga çorlaymiz!

Manba: Telegram