
Xitoy Xalq Respublikasining Şihezi universiteti Çet tillar fakulteti dekani Song Çengfang hamda professor-öqituvçilar Wu Juan, Wang Çunxia, Zhang Bingçeng va Çen Wei Özbekiston jurnalistika va ommaviy…
Xitoy Xalq Respublikasining Şihezi universiteti Çet tillar fakulteti dekani Song Çengfang hamda professor-öqituvçilar Wu Juan, Wang Çunxia, Zhang Bingçeng va Çen Wei Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bölişdi.
💠 Dastlab mehmonlar universitet hududi böylab ekskursiya qilib, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanişdilar. Ularga professional radio va telestudiyalar, multimedia texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar hamda talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiluvçi imkoniyatlar namoyiş etildi.
Uçraşuv davomida ÖzJOKU öquv işlari böyiça prorektori Ravşan Rayimjanov hamda universitet mas’ullari bilan rasmiy muzoraka bölib ötdi.
📝 Muzokaralar davomida talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş, ilmiy tadqiqotlar böyiça hamkorlikni kengaytiriş hamda akademik tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Şihezi universiteti vakillari ÖzJOKUda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti va moddiy-texnik bazani yuqori baholab, bu ularda katta taassurot qoldirganini ta’kidladilar.
✅Tomonlar kelgusida ikki universitet örtasidagi akademik hamkorlikni yanada mustahkamlaş, qöşma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda tegişli ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Manba: Telegram


