
Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bölib ötgan yalpi majlisda “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun…
Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bölib ötgan yalpi majlisda “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonuni körib çiqildi va ma’qullandi.
✅ 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş
Qonun bilan 14 yoşga tölmagan şaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondirganlik uçun uzoq muddatli 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi joriy etilmoqda.
Şuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi sodir etilgan öta oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş va hukmni ijro etiş muddatlarining ötib ketganligi qöllanilmaydi.
Bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uçun şartli hukm qiliş va jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş butunlay taqiqlanmoqda.
✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib oliş
Jinsiy zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam körsatiş tizimi joriy etilmoqda.
Zöravonlikdan jabr körgan voyaga yetmaganlarni söroq qiliş jarayonini videoyozuv orqali qayd etiş, jinsiy erkinlikka qarşi jinoyat qurboni bölgan bola va gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi örtasidagi yuzlaştirişni maxsus tartib böyiça ötkaziş, jabrlanuvçi bola va ayblanuvçi örtasidagi yuzlaştirişni faqat tergovçi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida ötkaziş belgilanmoqda.
Agar zöravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoşlar tomonidan sodir etilgan bölsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining iştiroki majburiy qilib qöyilmoqda.
✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zöravonlik uçun işdan böşatilişi mumkin
Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qöşimçaga köra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalaş va unga ta’lim beriş borasidagi majburiyatlar öz zimmasiga yuklatilgan ta’lim taşkiloti xodimining bolaga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat şartnomasi iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilişga asos böladi. Bunday şaxslarning kelgusida bolalar bilan işlaşiga çeklov qöyiladi.
Şu bilan birga, ota-onalarning bolalarga ğamxörlik körsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni buzişi, şuningdek, bolalarni soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qilmaganlik uçun ma’muriy javobgarlik çoralari kuçaytirilmoqda.
Tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar va bolalar qayta zöravonlikka uçraşdan qörqib murojaat qilişga ikkilanmasligi uçun, ularning söroviga asosan yaşaş manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda.
“Bu oilaviy nizolarning yanada avj olişi va qayta zöravonlik sodir etilişining oldini olişga xizmat qiladi”, — dedi senator.
Asl xabar: Edu.uz
Manba: Telegram


