1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Samarqandda "Özbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining beşinçi forumi" bölib ötdi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

🇺🇿🇯🇵 Sayqali röyi zamin — Samarqand şahrida "Özbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari beşinçi forumi"ning 1-kuni muvaffaqiyatli taşkil etildi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy…

🇺🇿🇯🇵 Sayqali röyi zamin — Samarqand şahrida "Özbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari beşinçi forumi"ning 1-kuni muvaffaqiyatli taşkil etildi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja ham uşbu forumda iştirok etdi.

Forumning oçiliş marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov, Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri örinbosari Hiroşi Masuko, Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev (onlayn tarzda), Yaponiya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kenji Hirata, hamda Nagoya universiteti prezidenti Naoşi Sugiyama sözga çiqib, ikki davlat örtasidagi ilm-fan sohasidagi hamkorlik samaralari amalga oşirilayotganini alohida qayd etişdi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov moderatorlik qildi.

Kun davomida forum doirasida uçta şöba yiğilişi bölib ötdi. Unda ikki davlat ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-öqituvçilar va ekspertlar zamonaviy ta’lim jarayonlarini takomillaştiriş, ilmiy hamkorlikni kuçaytiriş hamda raqamli innovatsiyalarni joriy etiş masalalarini atrofliça muhokama qildilar.

Şöbalarda quyidagi yönalişlar böyiça fikr almaşildi:

⏺ Texnologik kelajak uçun inson kapitali — oliy ta’limni sanoat va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyğunlaştiriş;

⏺Çegarasiz könikmalar — ta’lim, akademik mobillik va amaliyotçi tadqiqotlar uçun ikki tomonlama ekotizim yaratiş;

⏺Aqlli jamiyat uçun akademik innovatsiya — sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli transformatsiya sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş.

———————————————