1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Rektorlar Qöqonda!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Joriy yil 2-mart kuni Farğona viloyati Qöqon universitetida yoşlar siyosati, zamonaviy ta’lim va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kengaytirişga bağişlangan seminar bölib ötdi. Uşbu seminarda…

Joriy yil 2-mart kuni Farğona viloyati Qöqon universitetida yoşlar siyosati, zamonaviy ta’lim va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini kengaytirişga bağişlangan seminar bölib ötdi. Uşbu seminarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor, siyosiy fanlar doktori Şerzodxon Qudratxöja ham qatnaşdi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qönğirotboy Şaripov kiriş sözi bilan oçib berdi. Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari örinbosari Ilhom Sirojev, Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev, Sport vaziri Adham Ikromov (onlayn zoom orqali), Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov öz nuqti bilan iştirok etdi.

Seminarda 24-fevral kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça imkoniyatlarga bağişlangan yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Kunning 2-qismida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yiğilişi ötkazildi. Unda respublikaning davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim taşkilotlari rahbarlari, şuningdek, vazirlik markaziy apparati, tizim taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi. Hay’at yiğilişiga vazir Qönğirotboy Şaripov raislik qildi.

Yiğilişda 2026-yilga möljallangan ustuvor vazifalar, davlat dasturlari ijrosi, kasbiy va oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ilmiy-innovatsion faoliyat hamda bitiruvçilar bandligini ta’minlaş masalalari muhokama qilindi.

Manba: Telegram