1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti nomi bilan boğliq tarqalgan video lavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Avvalo, Universitetda professor-öqituvçilar…

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti nomi bilan boğliq tarqalgan video lavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Avvalo, Universitetda professor-öqituvçilar, xodimlar, talabalar va doktorantlar uçun kiyiniş qoidalari Odob-axloq kodeksida aniq belgilangan. Har öquv yili boşida ta’lim muassasasi va talaba örtasida ikki tomonlama şartnoma tuziladi. Mazkur şartnomada talabalar Universitet içki nizomlariga, jumladan, kiyiniş tartib-qoidalariga rioya etişi lozimligi körsatib ötilgan. Har bir talaba uşbu şartnomani öz ixtiyori bilan imzolaydi.

Odob-axloq kodeksining 4-bob, 11-moddasiga muvofiq:

"Universitet professor-öqituvçilari, xodimlari, talabalari va doktorantlari öz öqiş va kasbiga mos, zamonaviy va rasmiy uslubdagi kiyimda bölişlari lozim.

Auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyimda (plaş, palto, kurtka, boş kiyim va boşqalar) böliş taqiqlanadi. Barça xodimlar, talabalar va doktorantlarning taşqi körinişi ozoda va pokiza bölişi şart".

Şu örinda alohida ta’kidlaş lozimki, video lavhada körsatilgan aksariyat talabalar “formasiz” kelgani uçun emas, balki dars maşğulotiga keçikib kelganliklari sababli auditoriyaga kiritilmagan. Universitetda dars jarayonining uzluksizligi va intizomini ta’minlaş maqsadida belgilangan tartib-qoidalar barça uçun birdek amal qiladi.

ÖzJOKU talabalari ança erkin fikrlaydigan, ijodkor yoşlar hisoblanadi. Talabalar va rahbariyat örtasida heç qanday ortiqça tösiq yoki devor yöq. Har bir talaba öz masala, taklif yoki savollari bilan dekan, prorektor va rektorga töğridan-töğri murojaat qilişi mumkin. Ularning öz fikrlarini oçiq va oşkora bildirişiga nisbatan heç qanday bosim yoki asossiz intizomiy çoralar qöllanilmaydi.

Biroq Universitet xodimlari va talabalardan talab etiladigan muhim jihat — Universitet içki hayoti va ta’lim jarayoniga oid yolğon yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik.

Universitet ma’muriyati ta’lim jarayonining sifati, akademik intizom va soğlom muhitni ta’minlaş masalasida izçil va oçiq siyosat yuritişda davom etadi.

Hurmat bilan,

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati.

Manba: Telegram