
Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi Ilmiy kengaş faoliyatiga nisbatan tarqatilayotgan ayblovlar asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga tayanadi. Ma’lum…
Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi Ilmiy kengaş faoliyatiga nisbatan tarqatilayotgan ayblovlar asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga tayanadi.
Ma’lum qilamizki, pora oliş, noqonuniy talablar yoki ilmiy baholaşni moddiy manfaatlar bilan boğlaşga oid har qanday da’vo jiddiy huquqiy ayblov hisoblanadi va aniq dalillar bilan isbotlanişi şart. Hozirga qadar uşbu mazmundagi ayblovlar böyiça rasmiy tartibda tasdiqlangan holatlar mavjud emas. Ilmiy kengaş faoliyati belgilangan tartib, davlat talablari va ilmiy mezonlar asosida amalga oşiriladi. Universitet akademik şaffoflik, halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy rioya qiladi hamda uşbu tamoyillarga putur yetkazuvçi har qanday holatga nisbatan murosasiz pozitsiyada turadi.
Şu bilan birga, Rahbariyat uşbu axborotlar yuzasidan holatni kompleks örganiş işlarini boşlagan. Agar aniq qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, tegişli tartibda qonuniy çoralar, albatta, köriladi.
Jamoatçilikni tasdiqlanmagan, tahqirlovçi va umumlaştirilgan ayblovlarni tarqatmaslikka, şuningdek, barça savol hamda murojaatlar böyiça rasmiy kanallar orqali aloqa qilişga çaqiramiz.
Manba: Telegram


