
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Raqamli muhitda jurnalistika transformatsiyasi va YUNESKO yondaşuvi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Mazkur anjuman…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Raqamli muhitda jurnalistika transformatsiyasi va YUNESKO yondaşuvi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Mazkur anjuman Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda yangi tahrirdagi “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkil etildi.
Anjumanda xalqaro ekspertlar, media sohasi mutaxassislari, yetakçi olimlar, professor-öqituvçilar, jurnalist va blogerlar, mustaqil tadqiqotçilar, magistrantlar hamda iqtidorli talabalar iştirok etdi.
Konferensiya doirasida quyidagi şöbalar yönalişida ilmiy muhokamalar olib borildi:
➡️Raqamli muhitda jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalarning transformatsiyasi;
➡️YUNESKOning media va axborot savodxonligini rivojlantirişga oid konsepsiyalari;
➡️Global axborot makonida söz erkinligi va jurnalist etikasi;
➡️Raqamli platformalar, sun’iy intellekt va zamonaviy media texnologiyalari;
➡️Raqamli muhitda san’at va sayohat jurnalistikasi: global tajriba va YUNESKO tamoyillari.
Konferensiya yakunida raqamli jurnalistika rivojlanişi, media savodxonlikni oşiriş hamda global axborot makonida hamkorlikni kengaytirişga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar işlab çiqildi.
Manba: Telegram


