1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Qurbon hayiti munosabati bilan neça kun dam olinadi?

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – çorşanba kuniga töğri kelmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmonida barça uçun 2 kun (payşanba-juma) qöşimça dam oliş kuni va…

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – çorşanba kuniga töğri kelmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmonida barça uçun 2 kun (payşanba-juma) qöşimça dam oliş kuni va yana 6 kunliklar uçun esa şanba ham dam oliş kuni, deb e’lon qilindi.

Bundan kelib çiqadiki, xodimlarning iş haftasi tartibi turidan qat’i nazar hamma ketma-ket 5 kun dam oladi.

Dam oliş kunlari tartibi quyidagiça:
✅ 27-may, çorşanba – Qurbon hayiti;
✅ 28-may, payşanba – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
✅ 29-may, juma – barça uçun qöşimça dam oliş kuni;
✅ 30-may, şanba – haftada 6 kun işlaydiganlar uçun qöşimça dam oliş kuni;
✅ 31-may, yakşanba – barça uçun odatiy dam oliş kuni.

ℹ️ Asos: 2025-yil 24-dekabrda qabul qilingan PF-257-sonli Prezident farmoni.
Qöşimça ma’lumot: May oyida umumiy 14 kun dam oliş böladi.

Manba: Telegram