
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi. Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil…
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi.
Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi. Asosan «Ö», «Ğ», «Ş» hamda «Ç» harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek, «Ng» birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.
Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda özbek tilidan keng foydalanişni qulaylaştirişga qaratilgan.
Asl xabar: Edu.uz
Manba: Telegram


