
Koreya Respublikasining yetakçi naşrlaridan biri — “The Çosun Daily”da Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston va Koreya Respublikasi: özgarişlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali…
Koreya Respublikasining yetakçi naşrlaridan biri — “The Çosun Daily”da Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbekiston va Koreya Respublikasi: özgarişlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada Özbekiston va Koreya örtasidagi tarixiy riştalar, bugungi alohida strategik şeriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqiçga olib çiqiş istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵sönggi yillarda Özbekiston va Koreya örtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oşgan;
🔵Koreyaning Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oşgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali iştirokida 700 dan ziyod qöşma korxona va loyihalar amalga oşirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi içki mahsuloti 500 milliard dollardan oşgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining özaro töldiruvçanligi yangi ösiş drayverlarini yaratiş uçun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy işlab çiqariş tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni şakllantiriş darajasiga olib çiqiş muhimligini ta’kidladi.
"Işonçim komilki, aynan şu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini oçişimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy işlab çiqariş tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni şakllantirişga ötişimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".
Maqolada sun’iy intellekt, yarim ötkazgiçlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qişloq xöjaligi va “aqlli şaharlar” istiqbolli hamkorlik yönalişlari sifatida belgilangan. Şuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritiş, akademik almaşinuv va qöşma ilmiy tadqiqotlarni kengaytiriş muhimligi e’tirof etgan.
Prezident, şuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti Özbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun muhim maydon ekaniligiga alohida urğu berdi.
"...Özbekiston siyosiy muloqotni çuqurlaştiriş, amaliy hamkorlikni kengaytiriş va şeriklikning yangi, samarali mexanizmlarini şakllantirişga qaratilgan qator dolzarb taşabbuslarni ilgari suriş niyatida. Bu taşabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yönaltirilgan mexanizmga aylantirişga qaratilgan".
Prezident maqolasida qayd etilganidek, Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi strategik şeriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinçlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uçun yangi imkoniyatlarni şakllantirişga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinçlik, innovatsiyalar, özaro işonç va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini şakllantira olişiga çin dildan işonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.
🔥 Ma’lumot örnida: The Çosun Daily — 1920-yilda taşkil etilgan “Çosun Ilbo” mediaguruhi tarkibidagi naşr bölib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.
Naşr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda Özbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinişi ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikka bölgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.
Manba: Telegram


