
📌Oçiq ruhda keçgan muloqotlar davlatlarimiz örtasidagi samimiy döstlik, yuksak hurmat va özaro işonçning yana bir yorqin ifodasi böldi; 📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega…
📌Oçiq ruhda keçgan muloqotlar davlatlarimiz örtasidagi samimiy döstlik, yuksak hurmat va özaro işonçning yana bir yorqin ifodasi böldi;
📌Hindiston bizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor va nufuzga ega bölgan salohiyatli strategik şerigimizdir;
📌Hamkorligimiz yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik şeriklik bosqiçiga kötarildi;
📌Kelişuvlarimizning ijrosini töliq ta’minlaş maqsadida Taşqi işlar vazirlari darajasida alohida mexanizm yaratişga qaror qildik;
📌Ötgan yili özaro savdo aylanmasi hajmi 33 foizga ösib, 1,3 milliard dollardan ortdi, 2030-yilga qadar uşbu raqamni 5 milliardga yetkazmoqçimiz;
📌Hukumatlararo qöşma komissiya va Işbilarmonlar kengaşi faoliyatini yanada jadallaştirişga kelişdik;
📌Energetika, öta muhim minerallar, soğliqni saqlaş, farmatsevtika, elektronika, zargarlik va qişloq xöjaligi sohalaridagi hamkorlik kuçaytiriladi;
📌BMT, ŞHT, Qöşilmaslik harakati, BRICS kabi nufuzli tuzilmalar va Global Janub doirasida bir-birimizni qöllab-quvvatlaşni bundan keyin ham davom ettiramiz;
📌Özbek va hind xalqlarini bir neça ming yillik tarixiy, madaniy va ma’rifiy ildizlar çambarças boğlab turadi;
📌Özaro madaniyat haftaliklari, kinofestivallar va boşqa yirik tadbirlarni ötkaziş bilan birga yangi qöşma sayyohlik yönalişlarini ham işga tuşiramiz;
📌30 kunlik vizasiz tartib joriy etilişi özaro qatnovlarni yanada faollaştirişga xizmat qiladi;
📌Qabul qilingan hujjatlar, erişilgan kelişuvlar ijrosini töliq va öz vaqtida ta’minlaş maqsadida keng qamrovli “yöl xaritasi” işlab çiqiladi.
Manba: Telegram


