1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Prezident Murojaatnomasi — Yangi Özbekiston taraqqiyotining strategik yöl xaritasi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda Özbekiston xalqiga yöllagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş, unda belgilangan ustuvor vazifalarni çuqur anglaş va amaliyotga tatbiq etiş masalalariga bağişlangan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Mazkur uçraşuv Universitet rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida ötkazilib, unda professor-öqituvçilar, tyutorlar hamda universitetning barça xodimlari faol iştirok etdi. Tadbir jarayonida Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yönalişlar — ta’lim sifatini oşiriş va uning mazmunini zamon talablari asosida yangilaş, yoşlar siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş orqali raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş, korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşiş hamda ma’naviy-ma’rifiy işlar samaradorligini tubdan kuçaytiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

Şuningdek, Murojaatnomadan kelib çiqadigan vazifalarni universitet miqyosida bosqiçma-bosqiç, tizimli va samarali amalga oşiriş, ta’lim jarayonida ilğor pedagogik yondaşuvlarni keng joriy etiş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda har bir pedagog va xodimning uşbu jarayondagi şaxsiy mas’uliyati va taşabbuskorligini oşiriş masalalari alohida muhokama markazida böldi.

Mazkur tarğibot tadbiri Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yönalişlarni ta’lim muassasalari faoliyatiga çuqur singdiriş, ularni amaliy harakatlar dasturiga aylantiriş hamda Yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

Manba: Telegram