1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Ozod Şarafiddinov nomidagi maxsus stipendiya tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston Qahramoni, adabiyotşunos va adabiy tanqidçi Ozod Şarafiddinov nomidagi maxsus stipendiya tanlovining universitet bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi. 🔹 Tanlovning universitet bosqiçida fakultetlardan…

Özbekiston Qahramoni, adabiyotşunos va adabiy tanqidçi Ozod Şarafiddinov nomidagi maxsus stipendiya tanlovining universitet bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.

🔹 Tanlovning universitet bosqiçida fakultetlardan saralab olingan 15 nafar iqtidorli talabalar iştirok etişdi. Iştirokçilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy va ijodiy işlar, publitsistik hamda innovatsion loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan xolislik, şaffoflik va adolat tamoyillari asosida baholandi.

Iştirokçilar quyidagi nominatsiyalar böyiça özlarini namoyon etdilar:

⭐️ “Eng yaxşi ilmiy-tahliliy iş” (Ozod Şarafiddinov merosi böyiça çuqur ilmiy tadqiqot uçun);

⭐️ “Eng faol yoş adabiy tanqidçi”;

⭐️ “Eng yaxşi publitsistik loyiha”;

⭐️ “Ijtimoiy tafakkur tarğibotçisi”;

⭐️ “Ma’naviy merosga munosib hissa”;

⭐️ “Innovatsion va raqamli yondaşuv”.

✔️Mazkur stipendiya tanlovi nafaqat iqtidorli talabalarni rağbatlantiriş, balki Ozod Şarafiddinov merosini örganiş va tarğib etiş, ilmiy-ijodiy muhitni yanada mustahkamlaş va adabiy-estetik tafakkurni rivojlantirişga xizmat qiladi.

Manba: Telegram