
🔺Joriy yilining 12-mart kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Yoşlar kuni" munosabati bilan “Taşabbuskor yoşlar kelajak ertalari” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi. Mazkur…
🔺Joriy yilining 12-mart kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Yoşlar kuni" munosabati bilan “Taşabbuskor yoşlar kelajak ertalari” mavzusida oçiq muloqot taşkil etildi.
Mazkur tadbir yoşlarning fikr-mulohazalarini eşitiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda yoşlarning tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun yangi eşiklarni oçiş va ularning ertangi kelajagi uçun bugungi poydevorni qöyişlarida kömaklaşiş maqsadida taşkil etildi. Uçraşuvda Universitet rahbariyati, "ÖzMilliybank" hamda “Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi” vakillari va talaba-yoşlar iştirok etdi. Tadbir davomida yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoşlarning tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda söz olganlar, jumladan, “Davlat dasturlarini moliyalaştiriş departamenti” direktori örinbosari Begzod Ziyayev – “Kelajakka qadam ” dasturi doirasida işlab çiqilgan yoşlar uçun mafaatli bölgan kredit mahsulotlari haqida ma’lumot berib ötdi.
Xalqaro işbilarmon “Tadbirkor ayollar” assotsiatsiyasi raisi örinbosari Nigora Yakubovaning motivatsion çiqişi esa universitetning talaba qizlari uçun kelajakka yangi qadam manbai böldi.
Şuningdek, Universitetning PR va mejement fakulteti 3-bosqiç talabasi Sevara Tursunova öz tadbirkorlik taşabbusi bilan 500 mln miqdoridagi kredit mablağlarini olişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi.
Jurnalistika fakulteti 4-bosqiç talabasi Nurjahonbegim Raşidova esa talaba-yoşlarga ajratilayotgan imtiyozli kredit asosida 100 mln miqdoridagi kredit mablağlari oliş qarorini bildirdi.
Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, öz biznes ğoyalarini qanday amalga oşiriş kerakligi, haq tölanadigan amaliyotni ötaş imkoniyatlari hamda yoşlar taşabbuslarini amalga oşiriş böyiça takliflarini bildirdilar.
Rahbariyat vakillari esa har bir murojaatni tinglab, tegişli tuşuntirişlar berdilar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot taqdim etdilar.
#yoşlarkuni #rektorvayoşlar
Manba: Telegram


