
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Yoşlar kuni dasturi doirasida “Brendni rivojlantirişda auditoriyani segmentlaş” mavzusida master-klass ötkazildi. Tadbirda marketing va PR…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Yoşlar kuni dasturi doirasida “Brendni rivojlantirişda auditoriyani segmentlaş” mavzusida master-klass ötkazildi.
Tadbirda marketing va PR sohasida köp yillik tajribaga ega mutaxassis, “Birinçi Marketing Laboratoriyasi” rahbari Lutfullo Azizov iştirok etib, talabalarga zamonaviy marketing kommunikatsiyalari, auditoriyani örganiş va segmentlaşning brend rivojidagi örni haqida ma’lumot berdi.
Master-klass davomida maqsadli auditoriyani aniqlaş, auditoriyani turli mezonlar asosida segmentlarga ajratiş, har bir segment bilan samarali kommunikatsiya örnatiş va brend strategiyasini auditoriya ehtiyojlari asosida şakllantiriş masalalari amaliy misollar asosida yoritildi.
Ayniqsa, talabalarning faol iştiroki, savol-javoblar va fikr almaşuvlar tadbirni yanada mazmunli va interaktiv ruhda ötişini ta’minladi.
Mazkur master-klass ÖzJOKUning PR va menejment fakulteti, Töğon va Qudrat Ernazarovlar nomidagi Jamoatçilik bilan aloqalar kafedrasi taşabbusi bilan taşkil etildi.
Bunday amaliy uçraşuvlar talabalarning nazariy bilimlarini zamonaviy kasbiy tajriba bilan boyitiş, marketing va PR sohasidagi amaliy könikmalarini şakllantiriş hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bölib yetişişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: Telegram


