1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda yoşlar kuni doirasida ijodiy uçraşuv bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida madaniyat va san’at sohasida köp yillik tajribaga ega Zoxida Umarova bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida madaniyat va san’atning…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida madaniyat va san’at sohasida köp yillik tajribaga ega Zoxida Umarova bilan ijodiy uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi örni, ijodkorlikning inson dunyoqaraşini şakllantirişdagi ahamiyati, kasbiy faoliyat tajribasi hamda yoşlarning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Suhbat jarayonida mehmon özining köp yillik tajribasi bilan örtoqlaşib, madaniyat va san’at sohasining öziga xos jihatlari, ijodiy izlanişlarning ahamiyati hamda kasbga mas’uliyat bilan yondaşiş borasidagi qaraşlarini bayon etdi. Talabalar uçun bunday uçraşuvlar soha vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanişiş, yangi bilim va taassurotlar oliş, kelajakdagi kasbiy faoliyat uçun muhim xulosalar çiqariş imkonini beradi.

Samimiy muloqot ruhida ötgan uçraşuv talabalarning madaniyat va san’atga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning ijodiy fikrlaşi va kasbiy dunyoqaraşini kengaytirişga xizmat qildi.

Videoni Telegram’da köriş

Manba: Telegram