1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda xorijiy talabalar bilan oçiq muloqot bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Qirğiziston va Ozarbayjon Respublikasidan ta’lim oliş maqsadida kelgan xorijiy talabalar bilan yaqindan tanişiş hamda ularning fikr va…

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Qirğiziston va Ozarbayjon Respublikasidan ta’lim oliş maqsadida kelgan xorijiy talabalar bilan yaqindan tanişiş hamda ularning fikr va takliflarini örganiş maqsadida oçiq muloqot taşkil etildi.

Unda universitet rektori prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja iştirok etib, xorijiy talabalar bilan yaqindan tanişib samimiy suhbatlaşdi.
Muloqot davomida talabalarga ÖzJOKUdagi ta’lim jarayoni, universitetning qadriyatlari, içki tartib-qoidalar hamda odob-axloq me’yorlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, xorijiy talabalarning universitetdagi ilk taassurotlari, ta’lim sifati, dars jarayonlari, professor-öqituvçilarning yondaşuvi va yaratilgan şaroitlar haqidagi fikrlariga qiziqiş bildirildi. Talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini ham bildirdilar.

Bunday oçiq muloqotlar xorijiy talabalar uçun universitet muhitiga tezroq moslaşiş, ularning fikr va ehtiyojlarini örganiş hamda ta’lim jarayonini yanada takomillaştirişda muhim ahamiyatga ega.

Manba: Telegram