
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyakar universitetida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 34 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni” munosabati bilan 3 kunlik…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyakar universitetida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 34 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni” munosabati bilan 3 kunlik bayram tadbirlari ötkazildi.
Birinçi kuni talaba qizlar sport musobaqalarida öz mahoratlarini namoyiş etdilar: arqonda sakraş, uzoqlikka sakraş, merganlik, qorin muşaklari maşqlari va basketbol töpini savatga tuşuriş böyiça bellaşdilar.
Ikkinçi kuni talaba yigitlar musobaqalar markazida böldilar. Ular turgan joydan balandlikka çiqiş, turnikda tortiliş, toş kötariş, merganlik va qöllarni bukib-yoziş maşqlari bilan öz kuçlarini sinab kördilar.
Uçinçi kun, 15-yanvarda “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinçligimiz posboni!” şiori ostida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bölib ötdi. Tadbir davomida harbiy orkestr va ansambllar vatanparvarlik kuylarini ijro etdilar.
Iştirokçilar faxriy qorovullar, harbiy texnika va qurol-aslahalarni köriş imkoniga ega böldilar. Şuningdek, Içki işlar vazirligi Kinologiya markazi, Qorovul qöşinlari va Milliy gvardiya xizmatçilarining jangovar çiqişlari ham tadbirga alohida rangbaranglik hamda yuqori kayfiyat bağişladi.
Mudofaa böyiça faoliyat yurituvçi “Vatanparvar” taşkilotining sport seksiyalari texnikalari esa barça iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi. "Vatanparvar" taşkilotiga alohida minnatdorlik bildiramiz.
Bayram tadbirlari davomida ötkazilgan musobaqalarda ğolib bölgan talabalar maxsus diplom va esdalik sovğalar bilan taqdirlandilar.
Manba: Telegram


