1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖZJOKUDA TYUTORLAR FAOLIYATINI RAĞBATLANTIRIŞ VA RAQAMLAŞTIRIŞ YÖLIDA YANGI QADAMLAR

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tyutorlarning samarali faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini munosib rağbatlantiriş hamda iş jarayonlariga zamonaviy raqamli…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tyutorlarning samarali faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini munosib rağbatlantiriş hamda iş jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tyutorlar örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, kasbiy faollikni oşiriş va talabalar bilan işlaş samaradorligini yanada yuksaltiriş maqsadida universitetda «Eng yaxşi tyutor» tanlovi taşkil etildi. Tanlov natijasiga köra, öz vazifalariga mas’uliyat bilan yondaşadigan, talabalar bilan samarali işlaydigan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol iştirok etadigan tyutorlarning mehnati e’tirof etildi.

Universitetda tyutorlarning kundalik işlarini yengillaştiriş va faoliyat samaradorligini oşiriş maqsadida ularga zamonaviy planşet qurilmalari topşirildi.

Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektor Sanjarbek Raşidov tomonidan topşirilgan uşbu qurilmalar tyutorlarga tyutor.hemis.uz modulidan qulay foydalaniş, talabalar haqidagi ma’lumotlarni tezkor kiritiş va yangilaş, individual işlaş jarayonlarini taşkil etiş hamda talabalar faoliyatini monitoring qilişda qöşimça qulaylik yaratadi.

Mazkur taşabbuslar tyutorlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, iş jarayonlarini yanada takomillaştiriş va talabalar bilan işlaş sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.

1 / 5

Manba: Telegram