1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda “Til — millat közgusi” mavzusida bellaşuv ötkazildi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan belgilangan maxsus 10 kunlik doirasida “Til — millat közgusi” nomli…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan belgilangan maxsus 10 kunlik doirasida “Til — millat közgusi” nomli fakultetlararo intellektual-kognitiv musobaqa taşkil etildi.

Musobaqa 4 ta şart asosida ötkazildi:

🔺Taniştiruv — jamoalar öz nomi, şiori va emblemasi bilan ijodiy tarzda çiqiş qilişdi.

🔺Uyga vazifa — ijtimoiy tarmoqlarda #til_millat_kozgusi, #onatili_uzjokuda, #ozbek_tili_faxrim kabi heşteglarda videorolik joylab, eng köp kuzatuv va layk töplagan jamoalar baholandi.

🔺Qiziqarli savol-javob — til boyligi va nutq madaniyatiga oid savollar orqali bilimlar sinovdan ötkazildi.

🔺Sahna körinişi — talabalar özbek tilining gözalligi va hozirgi til madaniyatidagi muammolarni sahna orqali yoritişdi.

🏆 Musobaqa yakunlariga köra:

1-örin — PR va menejment fakultetining “Tafakkur” jamoasi

2-örin — Jurnalistika fakultetining “Söz san’ati” jamoasi

3-örin — Xalqaro munosabatlar fakultetining “Til fidoiylari” jamoasi

✅ Ğolib jamoalar diplom va pul mablağlari bilan (bazaviy stipendiyaning 10, 8 va 6 baravari miqdorida) rağbatlantirildilar.

———————————————

😃 ÖzJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu