
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar uçun kötarinki ruhda bahoriy “Talabalar festivali” taşkil etildi. Mazkur festival talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar uçun kötarinki ruhda bahoriy “Talabalar festivali” taşkil etildi. Mazkur festival talabalarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularning sportga, soğlom turmuş tarziga, milliy qadriyatlarimizga va jamoaviy birdamlikka bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qildi.
✅ Festival avvalida universitet hududida talabalar uçun turli yönalişlarda sport musobaqalari va köngiloçar dasturlar taşkil etildi. Kun davomida yoşlar özaro bellaşib, öz mahorat va çaqqonliklarini namoyon etdilar.
Xususan, festival doirasida:
🏓 stol tennisi,
🏐 voleybol,
⚽️ qarab tep öyini,
🏸 badminton,
♟ şaxmat,
🔳 şaşka,
💪 milliy sport öyinlari — jumladan toş kötariş, arqon tortiş va boşqa bellaşuvlar ötkazildi.
Uşbu musobaqalarda talaba-yoşlar faol iştirok etib, sportga bölgan qiziqişlari, jamoaviy ruhlari va ğalabaga bölgan intilişlarini yana bir bor namoyon etdilar.
🎯 Festivalning eng qiziqarli va e’tiborga molik jihatlaridan biri sifatida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda kamondan öq otiş sport turi ham taşkil etildi. Bu esa tadbirga yanada katta qiziqiş bağişladi. Talabalar uşbu sport turi orqali harbiy-amaliy sport elementlari bilan ham yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Tadbir davomida talabalar uçun 300 kg palovxontöra tayyorlandi. Universitet yoşlari uçun tayyorlangan oş barçaga tarqatilib, festivalga taşrif buyurgan talabalar bir dasturxon atrofida jam bölib, milliy taomimizdan bahramand böldilar. Bu esa festivalning nafaqat sport va madaniy, balki samimiylik va döstlik muhitini yanada mustahkamlovçi qismiga aylandi.
Şuningdek, festival doirasida milliy liboslar körgazmasi taşkil etilib, talabalarga milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizni tarğib etuvçi çiqişlar namoyiş qilindi. Bu körgazma tadbirning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini oşirdi.
🎤 Kun davomida musiqiy çiqişlar va sahna dasturlari, şuningdek, turli qiziqarli köngiloçar öyinlar ham uyuştirilib, barça iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşildi.
✨ Bir söz bilan aytganda, “Talabalar festivali” universitet hayotida talaba-yoşlarning birdamligi, faolligi, sportsevarligi va yuqori kayfiyatini namoyon etgan yirik tadbirlardan biri böldi. Uşbu tadbirda iştirok etgan barça iştirokçilar, taşkilotçilar va hamkorlarga, eng asosiysi, "Coca Cola" kompaniyasiga minnatdorlik bildiramiz!
Manba: Telegram


