
Tadbirni universitet rektori, professor, doktor Şerzodxon Qudratxöja talabalar uçun özining samimiy tabrik sözi bilan oçib berdi. Rektor öz nutqida talabalik yillarining har bir inson hayotidagi eng yorqin davr…
Tadbirni universitet rektori, professor, doktor Şerzodxon Qudratxöja talabalar uçun özining samimiy tabrik sözi bilan oçib berdi. Rektor öz nutqida talabalik yillarining har bir inson hayotidagi eng yorqin davr ekanini ta’kidlab, ÖzJOKUda yaratilayotgan imkoniyatlar, yoşlarga berilayotgan e’tibor va zamonaviy ta’lim muhitining ahamiyatiga alohida urğu berdi.
Bayram davomida talabalarga kötarinki kayfiyat ulaşgan kuy-qöşiqlar, jonli ijrolar, raqslar va sahnaviy çiqişlar namoyiş etildi. Taşkil etilgan madaniy dastur universitet hududini haqiqiy talabalik tantanasi maydoniga aylantirdi.
Şuningdek, Xalqaro talabalar kuni doirasida bir qator faol yoşlar munosib taqdirlandi. Jumladan:
•"Yilning eng faol talabasi" körik tanlovining ğoliblari;
•
“Karyera maktabi” klubining 1-mavsum bitiruvçilari
•
“Zakovat” intellektual öyini ğoliblari.
🖐Döstlik, bilim, hamjihatlik va rivojlaniş ğoyalariga asoslangan Xalqaro talabalar kunidagi bu tadbir barça talabalarga unutilmas taassurotlar ulaşa oldi.


