1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda sport kuni

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, katta jamoada sport madaniyatini rivojlantiriş hamda yoşlar, xodimlar örtasida birdamlikni mustahkamlaş…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, katta jamoada sport madaniyatini rivojlantiriş hamda yoşlar, xodimlar örtasida birdamlikni mustahkamlaş maqsadida Sport kuni doirasida bir neçta musobaqa hamda tadbirlar taşkil etildi.

Ertalabki maşğulotlar soat 07:00 da universitetning "My sweet home" talabalar turar-joyi hududida boşlandi. Unda talabalar, professor-öqituvçilar hamda universitet xodimlari faol iştirok etib, badantarbiya maşqlari orqali kunni tetiklik va kötarinki kayfiyatda boşlaşdi.

Jismoniy maşqlar davomida soğlom hayot tarzi, muntazam sport bilan şuğullaniş va jismoniy faollikning ahamiyati tarğib qilindi.

Bundan taşqari, Sport kuni doirasida xodimlar örtasida voleybol hamda basketbol musobaqalari ham taşkil etildi.

#sportkuni

Manba: Telegram