
🌿Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, resurslardan oqilona foydalaniş hamda raqamli boşqaruv tizimini yanada rivojlantiriş maqsadida har oyning…
🌿Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, resurslardan oqilona foydalaniş hamda raqamli boşqaruv tizimini yanada rivojlantiriş maqsadida har oyning oxirgi juma kuni “Qoğozsiz bir kun” ekoaksiyasi ötkaziladi.
Mazkur taşabbus doirasida uşbu kun davomida universitetdagi xizmat yozişmalari va hujjatlar almaşinuvi imkon qadar elektron şaklda amalga oşiriladi. Bu esa qoğoz sarfini qisqartiriş, iş jarayonlarini yanada tezkor va samarali taşkil etiş, şuningdek, atrof-muhitni asraşga xizmat qiladi.
ÖzJOKU jamoasi barça professor-öqituvçilar, xodimlar va talabalarni tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda bölişga, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanişga hamda ekologik taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga çorlaydi.
🌱Kiçik odatlar – katta özgarişlar sari muhim qadam!
———————————————
Manba: Telegram


