1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan tanlov ğoliblari aniqlandi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida qatağon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bağişlangan ilmiy maqolalar hamda yozma mulohazalar tanlovining universitet…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida qatağon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bağişlangan ilmiy maqolalar hamda yozma mulohazalar tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi.

Tanlovdan közlangan maqsad — jadid ma’rifatparvarlari va qatağon qurbonlarining hayot yöli, ilmiy-ma’naviy merosini örganiş, ularning millat taraqqiyoti yölidagi xizmatlarini keng tarğib etiş hamda talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaşdan iborat.

Tanlov yakunlariga köra:

🥇 1-örin — Keldiyorov Javohir Fayzulla öğli
🥈 2-örin — Oçildiyeva Şahnoza Abdivohid qizi
🥉 3-örin — Soliyev Behrözbek Sayfillo öğli

Ğoliblarni erişgan natijalari bilan tabriklaymiz! Ularga kelgusi ilmiy izlanişlari, ijodiy faoliyati va yangi taşabbuslarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Zero, tarixiy xotiraga sadoqat — ajdodlar merosini anglaş, milliy özlikni asraş va ma’rifat yölini davom ettiriş demakdir.

Manba: Telegram