1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Özbek-Turk mediaforumi bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Global jurnalistlar kengaşi delegatsiyasi Özbekistonda Bugun 3-iyun kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbek-Turk mediaforumi muvaffaqiyatli ötkazildi. Forumda ÖzJOKU rektori…

Global jurnalistlar kengaşi delegatsiyasi Özbekistonda

Bugun 3-iyun kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbek-Turk mediaforumi muvaffaqiyatli ötkazildi.

Forumda ÖzJOKU rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja, Turkiya Global jurnalistlar kengaşi raisi Mehmet Ali Dim boşçiligidagi Germaniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va Turkiyadan kelgan 40 dan ortiq Kengaş vakilidan iborat delegatsiya, şuningdek jurnalistlar, media sohasining yetakçi mutaxassislari, professor-öqituvçilar va talabalar iştirok etdi.

Ikki tomonlama muloqot formatida ötgan forum zamonaviy jurnalistikaning dolzarb masalalari, raqamli media va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari, şuningdek, davlatlararo media mutaxassislari örtasida amaliy tajriba almaşinuviga bağişlandi.

Uşbu uçraşuv Özbekiston va Germaniya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya hamda Turkiya örtasidagi media hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişda muhim qadam böldi. Tomonlar jurnalistika ta’limi, axborot almaşinuvi va kasbiy rivojlaniş yönalişlarida kelgusidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişdi.

Ma’lumot uçun:
Turkiya Global jurnalistlar kengaşi (Global Gazeteciler Konseyi) — xalqaro jurnalistik hamkorlikni mustahkamlaş,

Manba: Telegram