
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2026/2027-öquv yilining ilk kunlarida 1-bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2026/2027-öquv yilining ilk kunlarida 1-bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” şiori ostidagi “Mustaqillik darslari” taşkil etildi.
Maşğulotlardan közlangan asosiy maqsad — yoşlarga Özbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçi, bugungi kunda amalga oşirilayotgan islohotlar hamda yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tuşunça berişdan iborat.
Mustaqillik darslari davomida talabalarga Vatanimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yöli, milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimiz merosining bugungi avlod hayotidagi örni haqida ma’lumotlar berildi. Şuningdek, yoşlarning ma’naviy dunyoqaraşini kengaytiriş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini şakllantiriş, kitobxonlik, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyğularini yanada mustahkamlaşga qaratilgan suhbatlar ötkazildi.
Uçraşuv davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim jarayoni va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan zarur tavsiyalarga ega böldilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy maşğulotlar yoşlarning universitet muhitiga tezroq moslaşişi, öz oldiga aniq maqsadlar qöyişi hamda talabalik davrini mazmunli va samarali taşkil etişida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Mustaqillik darslari"ni taşkil etiş va undagi mazmunli ma’ruzalari uçun ÖzJOKU faxriy professorlari, dotsentlari, katta ustoz-murabbiylar va yaqindan yordam bergan barçaga minnatdorlik bildiramiz!
Yangi öquv yili — yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar sari ilk qadamdir!
Manba: Telegram


